Bosh sahifa » BOLALAR UCHUN ERTAKLAR

BOLALAR UCHUN ERTAKLAR

Ertaklar – o’zbek xalq ertaklari, jahon xalq ertaklari

Bizning veb-saytimizning bolalar uchun ertaklarga bag’ishlangan bo’limida o’zbek xalq ertaklari, shuningdek, xorijiy va o’zbek mualliflari: Andersen, aka-uka Grimmlar, Perrot, Pushkin, Tolstoy, Suteevlar va boshqa ko’plab mualliflarning ertaklar to’plami keltirilgan. Sayt doimiy ravishda yangi mualliflar va asarlar bilan to’ldirilib boriladi.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida biz har bir ertakning qisqacha tavsifini yozdik va yorliqlar (teglar) tizimini ishlab chiqdik. Ularning yordami bilan siz ertaklarni yoshi va afzalliklari bo’yicha osongina topib olishingiz mumkin. Sizga kerak bo’lgan muallifni tezda topish uchun menyudan foydalaning. O’qishdan zavqlaning 🙂

Xalq ertaklari

Ovchi va qushlar

Bir ovchi daraning chekkasiga to‘rdan tuzoq qo‘yibdi. To‘r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to‘da qushlar tuzoqqa ilinib qolibdi.
Ovchi to‘r tuzoqlaridan xabar olgani kelsa, unga ilingan qushlar gurr etib, to‘rni ham ko‘tarib, uchib ketishibdi. Qushlarning bir tan, bir jon bo‘lib, ustiga-ustak, to‘r tuzoqni ham ko‘tarib uchishlariga lol qolgan ovchi orqalaridan quva boshlabdi.
Yo‘lda bir odamga duch kelibdi. Ovchidan nega buncha hovliqib chopayotganini so‘rabdi. Ovchi esa, osmonda uchib borayotgan qushlarni ko‘rsatib, ularni tutmoqchi ekanini aytibdi. Haligi odam kulibdi:

O‘tinchi yigit bilan sher

Bir yigit dalaga o‘tin tergani chiqibdi. Bir daraxt yoniga kelib, uni yiqitmoqchi bo‘libdi. Shu payt bir sher kelib:
— Ey, odam, bu yerga nimaga kelding? — debdi.
— Mana shu terakni qulataman, — debdi yigit.
— Men shunday kuchim bilan bu terakni qulata olmayman-ku, sen qanday qilib qulatasan? — debdi sher.
— Ey, jo‘ra, men juda zo’rman, — debdi yigit o‘zini tetik tutib.
— Sen zo‘r bo’lsang, kel ikkovimiz kurashib, kuchimizni sinaymiz, — debdi sher.
— Mayli, kurashamiz, — debdi yigit o‘zini yana-da mag‘rur tutib. — Lekin kuchimning yarmi uyda qolibdi, borib olib kelay.

Tulki bilan xo’roz – o’zbek xalq ertagi

Rostmi yo yolg‘onmi, har qalay bir qari xo‘roz bo‘lgan ekan. U bir necha bor tulkining domiga ilingan ekan-u, ammo har gal bir amallabuningqo‘lidanomonchiqarekan. Kunlarning birida u qishloq chekkasidagi maydonchada don cho‘qilab yurgan paytda birdan bekinib kelayotgan tulkiga ko‘zi tushibdi.
Qishloqqacha qochib bora olmasligiga ko‘zi yetibdi. U bazo‘r yonidagi keksa qayrag‘och tepasiga chiqib olibdi. Tulki daraxt tagiga kelib:
— Hoy, xo‘roz! Nega meni ko‘rishing bilai daraxtga chiqib olding? — deb so‘rabdi.

O’zbek xalq ertaklari

BOLALAR UCHUN ERTAKLAR