Bosh sahifa » Bolalar ustaxonasi » Bolalar chizgan rasmlar

Bolalar chizgan rasmlar

Bolalar chizgan rasmlar – bolajon rasmlari

Bolalar qalam bilan chizgan rasmlarni shu sahifadan topishingiz mumkin. Maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshidagi bolalar deyarli barchasi rasm chizishni yaxshi ko’radilar. Ular buni rasm sifati haqida qayg’urmasdan, dadillik bilan bajaradilar. Bolalar rasmlari ularning idrok etish xususiyatlari va chizish qobiliyatining etishmasligi bilan bog’liq ba’zi xususiyatlar bilan ajralib turadi.

Bolalarning rasmlari o’zida shirin xotiralarni saqlaydi. Bolalar uchun bosqichma-bosqich rasm chizish nafaqat ijodkorlik, balki mantiqni rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar uchun chizmalar juda oddiy bo’lishi mumkin, ular tasvirlardan iborat. Bosh – aylana, gavda – tasvirlar va boshqalar. Bolalar uchun oddiy chizmalar – bu nafaqat tasvirlarni ko’rishni o’rganish, balki ularni o’z tasavvurlaridan tiklash qobiliyatlari uchun birinchi qadamdir.

Ushbu sahifamizda biz turli yoshdagi bolajonlar chizgan rasmlarini chop etib borishga ahd qildik.

Va albatta bu yerda SIZNING FARZANDINGIZ chizgan rasmlar ham bo’lishi mumkin. Bu uchun biz bilan ulaning – admin@quvnoqbola.com yoki saytimida xabar qoldiring va biz siz bilan ulanamiz.

6-10 yashar bolalar chizgan rasmlar

Ayiq, tuvakda gul rasmlari

Naqsh va qushcha rasmlari

Bolalar chizgan naturmort rasmlari

3-5 yoshli bolalar chizgan rasmlar

Rangli qog’ozdan yasalgan lola va ranglangan jo’ja tasviri

Baxtli oila va rangli qog’ozdan yasalgan mevalar

Rangli qog’ozdan quyosh va tezyordam mashinasi

Yuqoridagi rasmlarni bolajoningiz hali chiza olmasa xech ham xafa bo’lmang. Bizning rasm chizishni o’rgatadigan sahifamizga o’tsangiz hammasi bosqichma – bosqich ko’rsatilgan.

2 thoughts on “Bolalar chizgan rasmlar”

  1. Ассалому алайкум. Сизларда миллийлик руҳида чизилган, қуёш ва бола акс етган раслар борми?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan