AGNIYA BARTO SHE’RLARI – RUS TILIDA VA O’ZBEK TILIGA TARJIMASI
Bolalar uchun Agniya Barto she’rlari to’plami rus va o’zbek tilida. Unda siz bir-biridan qiziqarli va xamma bolalarga yoqadigan she’rlarni ikki tilda – rus va o’zbek tilida tarjimasini topasiz.
Agniya Bartoning she’rlarini kichik yoshli bolalardan tortib kattalargacha sevib o‘qiydi. Uning she’rlari bugungi kunda dunyoning 72 dan ziyod tillariga tarjima qilingan. U bolalarda hamma narsa o‘yindan boshlanishini, she’riyatda so‘z o‘yini, buyumlar bilan muloqot qilishni yaxshi tushunadi. Lekin u tasavvurga erk beradigan, fikrlaydigan, bola ongini ma’naviy boyitishga, o‘zini kuchli his qilishiga, ulg‘ayishiga xizmat qiladigan aqlli va shodon o‘yin tarafdori
Agniya Barto
Agniya Bartoning aksariyat she’rlari maktabgacha yoshdagi bolalar yoki boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yozilgan. She’rlarni o’qish va yodlash oson. Ular orqali muallif bolaga lirik chekinishlar va tavsiflarsiz sodda tilda teng shartlarda murojaat qildi. She’rlardagi barcha belgilar o’z ismlari bilan nomlangan: “Tamara va men” – «Мы с Тамарой», “Lyubochkani kim bilmaydi” – «Кто не знает Любочку», “Bizning Tanya baland ovozda yig’layapti” – «Наша Таня громко плачет» va boshqalari.

Agniya Barto she’rlari rus tilida
Agniya Barto – Nurulloh Oston tarjimasi
ЗАЙКА
Зайку бросила хозяйка —
Под дождем остался зайка.
Со скамейки слезть не мог,
Весь до ниточки промок.
QUYONChA
Yomg‘ir keldi suronga,
Ivib qoldi quyoncha.
Unutibdi egasi –
Jajjigina bekasi!
МИШКА
Уронили мишку на пол,
Оторвали мишке лапу.
Все равно его не брошу —
Потому что он хороший.
AYIQChA
Oyog‘idan tortishdi,
Aylantirib otishdi.
Tashlamayman shunda ham,
U – eng yaxshi ayiqcham!
ЛОШАДКА
Я люблю свою лошадку,
Причешу ей шёрстку гладко,
Гребешком приглажу хвостик
И верхом поеду в гости.
TOYChOG‘IM
Silab qo‘ydim yolini,
So‘rab qo‘ydim holini.
Dumin tarab har yonga,
So‘ng boraman mehmonga!
CАМОЛЁТ
Самолет построим сами,
Понесемся над лесами,
Понесемся над лесами,
А потом вернемся к маме.
SAMOLYOT
Biz samolyot quramiz,
Ko‘kda parvoz qilamiz.
O‘rmon-ko‘llardan o‘tib,
Uyga kelamiz qaytib.
МЯЧИК
Наша Таня громко плачет:
Уронила в речку мячик.
— Тише, Танечка, не плачь:
Не утонет в речке мяч.
KOPTOK
Koptok anhorga uchdi,
Qizcha yig‘lashga tushdi.
–Yig‘lama buncha o‘ksib,
Koptoging ketmas cho‘kib!
КОРАБЛИК
Матросская шапка,
Веревка в руке,
Тяну я кораблик
По быстрой реке,
И скачут лягушки
За мной по пятам
И просят меня:
— Прокати, капитан!
KEMACHA
Boshda matros qalpog‘i,
Arqoncha qo‘lda.
Kemachani tortaman,
To‘lqinli ko‘lda.
Yalinar baqachalar,
To‘lqin sathidan:
–Bizni ham kemachangga
Mindir, kapitan!
СЛОН
Спать пора! Уснул бычок,
Лег в коробку на бочок.
Сонный мишка лег в кровать.
Только слон не хочет спать.
Головой кивает слон,
Он слонихе шлет поклон.
FIL
Hamma uyquga yotdi,
Buzoq to‘rda dong qotdi.
Sichqoncha uyqusirab,
Chopdi to‘shakka qarab.
Faqat filcha uxlamas,
Bosh silkishdan to‘xtamas.
Filposhshaga qaraydi,
Hadeb salom yo‘llaydi.
ГРУЗОВИК
Нет, напрасно мы решили
Прокатить кота в машине:
Кот кататься не привык —
Опрокинул грузовик.
YUKMOShIN
Moshni tutib, amallab,
Yukmoshinga mindirdik.
Mosh-ku, qochib ulgurdi –
Yukmoshinni sindirdik!
©Sayt ma’lumotlaridan va tarjimalardan foydalanilganda sayt nomi – quvnoqbola.com ni ko’rsatib o’tish shart!