Bosh sahifa » Jahon xalq ertaklari

Jahon xalq ertaklari

Jahon xalq ertaklari

Saytimizning jahon xalq ertaklari bo’limida biz dunyoning eng mashhur xalqlarining ertaklarini rang-barang rasmlar bilan nashr etamiz. Siz Rossiya va Italiya ertaklari, Sharq xalqlari, shimoliy xalqlar, Evropa – xalq ertaklari va boshqalar bilan tanishasiz.

UYQUDAGI GO’ZAL

Italiya ertagi

Qadimda bir podsholik bo’lgan ekan, unga birgina malika yetishmas ekan. Ajoyib kunlarning birida podsho va qirilochi oyilasida bir qiz dunyoga kelibdi.  Bunday xursandchilikni nishonlash uchun o’z qasrlariga barcha saroy ahlini taklif qilishibdi. Ularning har biri qizchaga turli xil sovg’alar berishibdi va tilaklar aytishibdi: kimdir unga sariq mayin sochlar, kimdir yaltiroq liboscha, kimdir go’zallik va kimdir esa iltifot.

Biroq, podishox qurillokning 13 parilaridan birini taklif etish yodidan ko’tarilgan ekan, bundan parining jaxli chiqibdi. Barcha mehmonlar ovqat tanovul qilish va bayram qilish bilan chalg’ib turganlarida yashilroq bir bulut paydo bo’libdi va o’z qarg’ishini shunday deya qoldiribdi: “Bu qizcha 15 yoshga to’lmasdan qo’liga bir urchuqni (ip igiradigan yo’g’ochdan yasalgan qurilma) sanchib oladi va 100 yillik uyquga mahkum bo’ladi”.

Ushbu so’zlarni aytib qanday paydo bo’lgan bo’lsa xuddi shunday g’oyib bo’libdi. Podishox va uning rafiqasi qizining bunday taqdiridan qattiq umidsizlikka tushgan edi. O’n besh yil davomida podishoh oz odamlarini davlatining har bir burchagiga yuboring barcha tikanlarni yoqtirib kelar emish. Biroq, aynan o’n beshga kirgan kuni malika saroy o’ynab yurgan vaqtida bir xonaning ichidan g’alati bir yorug’lik kelayotganini ko’radi. Qiziqqonlik bilan unga yaqinlashadi va xonaning eshigini ochadi. Bir burchakda yo’gochdan yasalgan bir urchuq va junli ip yigirib o’turgan qariya bor edi.

 “Bu qanday buyum bo’ldi? Oldinlari hech bunaqasini ko’rmagan ekanman” deb so’rabdi malika. Qari kampir kulibdi: “xalatlar va sen kiyadigan kiyimlarni yasash uchun kerak. Ishlatishga juda oson, men bilan urinib ko’rishni xohlaysanmi?” Malika yaqinlashibdi, ammo o’tirishga ulgurmasidan qo’llarini urchuqqa yaqinlashtirgan ekan, la’nat o’z kuchiga kiribdi: barmog’ini sanchib olibdi va yerga tik uxlagan holda yiqilibdi. Qari kampir, kimsan yovuz farishta, uni xonadagi kravatga yotqizibdi va so’ngra ko’zdan go’yib bo’libdi.

Asta sekin saroyning barcha aholisi uyquga ketib qulay boshlabdi: birinchilardan shoh va uning rafiqasi, so’ngra ritsarlar (xizmat ko’rsatgan harbiy), oxir oqibat hatto hayvonlar ham. Yaqin atrofda biror bir tirik jon (uyg’oq) qolmabdi. Saroyning atrofida maymunjonlar (ejevika) o’sa boshlabdi, shunchalik ko’p va balang o’sa boshlashibdiki, hattoki saroyning ikki minorasidan ham o’zib keta boshlashibdi. Shundan buyon qirollikning biror bir yashovchisi bu saroyga boshqa oyoq qo’ymabdi va uni “Puchti tikan saroyi” deb atay boshlashibdi.

Uzoq yillar davomida ko’plab shaxzodalar malikani uyqudan qutqaraman deb bu maymunjonlar orasidan yo’l topishga harakat qilishgan, ammo hech biriga buning uddasidan chiqish nasib qilmabdi. Barchalari tikanakzorlar ichida qolib ketib, turli xil yirqichlar, hasharotlar va qushlarga yem bo’lishar edi.

Shunday qilib oradan to’qson to’qqiz yil o’tibdi. Yuzinchi yil to’lishiga bir oz qolganda, niyohat bir yangilik bo’libdi: uzoqdan bir shahzoda kelibdi, bir paytlar bu saroy oldidan o’tgan bobosidan “Pushti tikan” haqida eshitgan emish. Buni eshitishi bilan uyqudagi go’zal malikaga ishqi tushib, uni qutqarishga qaror qilgan ekan. Maymunjon tikanli devorga yaqinlashib, qilichi bilan yo’l ochishga urinibdi, qarg’ish allaqachon o’z kuchini yo’qotayotgan ekan: manmunjon tikanlari xushbo’y atirgullarga aylana boshlabdi va shahzoda osonlik o’tibdi. Xizmatkorlar yotgan holatda uxlab yotgan saroy hovlisidan ichkariga o’tibdi, chetda mizg’ib yotgan qo’riqchilarga to’la yo’lakdan o’tibdi, taxt xonasiga yetib boribdi va u yerdan eng balang minoraga ko’tarila boshlabdi. Zinaning eng yuqorisida yog’ochdan kichik bir eshikka duch kelibdi va uning ichida, mana Pushtitkan o’zing kravatchasida edi.

Shahzoda bir soniya ham o’z e’tiborining uyqudagi go’zal malikadan uzolmas emish. Unga yana yaqinlashib kelaveribdi, so’ngra unga bir bo’sa beribdi. Xuddi ertaklardagidek uyqudagi go’zal malika ko’zlarini ochibdi: uning uyqusi tugagan edi, yuz yil o’tib ketgan edi va shahzoda saroyga qilingan qarg’ishni yo’q qilgan edi. Ikkalasi to’y qilishib baxtli va saodatli hayot kechirishibdi.

Italian tilidan Ostanov Nodir va Pirnazarov Ravshan tarjimasi

Yanada qiziq ertaklarni top>>>

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan