Bosh sahifa » Bolalarga rasm chizishni o’rgatamiz

Bolalarga rasm chizishni o’rgatamiz

Rasm chizishni o'rgatamiz
5/5 - (10 votes)

Bolalarga rasm chizishni o’rgatishning eng qulay usullari

Rasm chizishning eng qulay va bolangizga qiziqarli bo’lgan uslublari bilan tanishing. Bola eng qiziqadigan faoliyat bu rasm chizish bo’lsa kerak. Bu ajoyib dunyoga kelgan kunidan boshlab atrofdagi olamni tushunishga harakat qiladi. Va shu paytning o’zida kurganini tasvirlashga urinadi. Shuning uchun qo’liga qalam tushgan chog’idan rasm chizishni boshlaydi. Ota – ona esa o’z navbatida bolasiga rasm chizishni o’rgatib boradi.

Rasm chizish bolani fikrlashga undaydi, qobiliyatlarini rivojlantiradi, vizual xotirani kuchaytiradi. Albatta, maktabgacha yoshda bo’lgan bolaga rasm chizishni o’rgatish oson emas, lekin u qadar qiyin vazifani ham shunchalik qo’rqinchli va imkonsiz ko’rinmasligi uchun oddiy bosqichlarga bo’lish mumkin. Birgalikda bolalarga rasm chizishni o’rgatamiz!

Bolaga hayvonlar rasmini chizishni o’rgatamiz

Eng ko’p tasvir etiladigan rasm bu shubhasiz hayvonlar rasmlari. O’ylaymizki, sizning bolangiz bunday rasmlardan juda mamnun bo’ladi. Va u bu tasvirlarni qanday zavq bilan rang berishini tasavvur qiling. Shubhasiz, oddiy bosma rangli sahifalardan ko’proq.

Kuchukcha va baliqcha rasmini chizish

Bolalar uchun rasm chizishni o'rgatish
rasm chizish

Baliqcha chizishning bosqichma bosqich bolalarga o’rgating

Bolalar uchun rasm chizishni o'rgatish

Yosh bolalar uchun rasm chizish darslari

Bizning saytda siz maktabgacha yoshdagi va boshlang’ich sinf yoshdagi bolalar uchun bosqichma – bosqich darslarni topasiz, bu sizning bolangizga rasm chizishga o’rgatishga yordam beradi.

Ishga kirishishdan oldin rasm albomi, oddiy qalam va rangli qalam, o’chirg’ich, flomaster, bo’yoq va cho’tkalarni sotib oling. Tushunish oson uslubi, hayvonlar, qushlar, buyumlar va boshqalarni chizish va bo’yash texnikasini tez va oson o’zlashtirishga yordam beradi.

Ko’rsatmalarga diqqat bilan amal qiling.

Rasm chizishni konturlar bilan o’rganish – bolalarga eng oson yo’l

Bolalar uchun rasm chizishni o'rgatish
Rasm chizishni o'rgatamiz

Quvnoq bola saytimizda yuqoridagi ko’rsatmalarga rioya qilgan holda bolajonlar chizagn rasmlarini ham topishingiz mumkin. Bu uchun bolalar chizgan rasmlari sahifasiga o’tsangiz bas. U yerda maktabgacha yoshdagi bolalarning chizgan turli xil rasmlar bor.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan