Bosh sahifa » Bayramlar haqida she’rlar to’plami

Bayramlar haqida she’rlar to’plami

bayramlar haqida she'rlar

O’zbek milliy bayramlariga atalgan bolalar uchun she’rlar

Milliy bayramlar haqida she’rlar to’plami.

Bahor bayramlari haqida she’r

TINGLA BAHOR

Qushchalarning sayrog’i,

Maysalarning bayrog’i

Menga bunda tanishdir,

Dilda madhi xonishdir.

To’lg’anadi dalalar,

Cho’g’lanadi lolalar.

Qaldirg’ichlar saflanar,

Ko’kda quyosh taftlanar.

Nurga to’lar hovuchim,

Tingla bahor, tovushim!

Murabbiylar kuniga

USTOZIM

Qalbga berib ziyoni,

O‘qitdingiz imloni.

Tanitdingiz dunyoni –

O‘qituvchim – ustozim,

Sizga barcha e’zozim.

O‘rgatdingiz odobga,

O‘xshab misli oftobga.

Mehr qo‘ydik kitobga –

O‘qituvchim – ustozim,

Sizga barcha e’zozim.

Sabog‘ingiz har damda,

Madad berar qadamda.

Qutlug‘ dargoh – makonda –

O‘qituvchim – ustozim,

Sizga barcha e’zozim.

Sha’ningizga qancha ham,

Maqtov aytsam, shuncha kam.

Olam mehri Sizda jam –

O‘qituvchim – ustozim,

Sizga barcha e’zozim.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan