Topishmoqlar javoblari bilan va rasmlar bilan
Bola oson tushunishi uchun topishmoqlar javoblari rasmlar bilan ham berilgan.
Kechqurun tomga g‘o’za yoysam,
Ertalabgacha bitta ham qolmabdi.
(Yulduzlar)

Aqlli temir olam kezar.
(Yer suniy yo‘ldoshi)

Shoxi bor, ho‘kiz emas,
Egari bor, ot emas,
Xohlagan manzilingga
Yetkazadi, minsang bas.
(Raketa)
Po‘lat qushim uchdi-ketdi.
Bir zum o‘tmay Oyga yetdi.
(Raketa)

Shamolday uchqur,
Yo‘q oyog‘i va qo‘li.
Ko‘zga ko‘rinmas,
Charog‘on yurgan yo‘li.
(Elektr toki)
Suv emas, simda oqar,
O‘t emas, chiroq yoqar.
(Elektr toki)

O‘zi qator joylangan,
Bir-biriga boylangan.
Bir-birini kuzatar,
Behisob nur uzatar.
(Elektr stolbasi, tok)
O‘zi turar o‘rnida,
Qo‘li ketgan har yoqqa.
(Elektr stolbasi, tok simi)

Uyimizga in qo‘ygan,
Tilla qushu tilla qush.
Kech kirganda yashnasang,
Odamlarning ko‘ngli xush.
(Lampochka)
Kechasi oftobdek,
Kunduzi koptokdek.
(Lampochka)
Uyga osdik bitta nok,
Yop-yorug‘ bo‘ldi har yoq.
(Lampochka)

Tagida taglik,
Boshida qalpoq,
Qalpoq tagidan
Mo‘ralab chiqar.
(Stol lampasi)

O‘chog‘i bor, mo‘risi yo‘q,
Cho‘g‘i boru kuyasi yo‘q.
(Elektr plitka)

Ortib, achchiq qizil meva,
Oq dengizda suzar kema.
(Dazmol)

Tashqari yoz, dim-olov,
Uychamizda muz, qirov.
(Xolodilnik)
Bir ajoyib ishxona, ichi doim qishxona.
(Xolodilnik)

Tinmas bitta,
Tinglar mingta.
(Radio)

Katta quti, ko‘zi bor,
Ko‘p tomosha, so‘zi bor.
(Televizor)
Radio desam, radio emas,
Kino desam, kino emas.
Eshitasan so‘zini
Ham ko‘rasan o‘zini.
(Televizor)

Bir tuyam bor, guldiroq,
Hamma yeri yaltiroq.
(Traktor)

Jonsiz, tinglaydi,
Qo‘lsiz, yozadi,
Tilsiz, so‘zlaydi.
(Magnitofon)

Bodomcha bodomcha bilan,
Etti kalit tom bilan.
Ne kuzi bor, ne ogzi bor,
Suylashadi odam bilan.
(Kitob)
Dengizda kema suzar,
Ketma-ket oltin uzar.
(Paxta terish mashinasi)
Uradi o‘rog‘i yo‘q,
Yig‘adi tirnog‘i yo‘q.
Doni bo‘lar qop-qop,
Yanchadi, to‘qmog‘i yo‘q.
(Kombayn)

Qul bilan ekilar, Ogiz bilan yigilar.
(YOzish, uqish)

Gurillashi tegirmonday,
Lekin tegirmon emas.
Uchishlari g‘ajirday,
Lekin g‘ajir emas.
(Samolyot)

Quvnoq Bola saytini rivojlantirish uchun takliflaringiz bo’lsa loyiha tahririyatiga yozishingiz mumkin.